Ismoilova Shahzoda Salimjon Qizi

Ismoilova Shahzoda Salimjon Qizi
Ismoilova Shahzoda Salimjon Qizi
26 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Ismoilova Shahzoda Salimjon qizi 08.11.2008-yilda Namangan viloyati, Chust tumani, Varzik qishlog‘ida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi.

U 60-sonli maktabda tahsil olgan va hozirda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 1-bosqich talabasi. Xalqaro munosabatlar sohasida tahsil oladi. Faoliyatini 2026-yildan boshlagan.

Shahzoda tarix fanidan turli olimpiadalarda qatnashgan, faxrli 3-o‘rin sohibi bo‘lgan. Shuningdek, Zakovat o‘yinlari va shaxmat bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etgan. Uning hayotiga ustozining ta’siri bo‘lgan.

Uning hayotiy prinsipi: «Olingan dars, bilim va tajriba yanada kuchli, muvaffaqiyatli bo‘lishning asosiy omili». Bo‘sh vaqtida kitob o‘qish, shaxmat o‘ynash va kino ko‘rish bilan shug‘ullanadi. U sayohatlarni, ayniqsa yashil zonalarga sayohat qilishni va tabiatni juda yaxshi ko‘radi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — hech qachon fikr bildirishdan qo‘rqmaslik va ikkilanmaslik. Kelajakda hozirgi tillardan tashqari yana 3 ta til o‘rganishni, o‘qishida muvaffaqiyatlarga erishishni va chet el grantlarini yutishni rejalashtiradi. Boshqalar undan tajriba va qat’iyatlilikni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.

“Bugungi kichik qadam ertangi katta yutuqdir.

O‘zingizga ishoning, imkoniyatlar doimo sizni kutadi.”

Hoziroq ariza qoldirish