Jo‘raqulova Farzona Marat qizi

Jo‘raqulova Farzona Marat qizi
Jo‘raqulova Farzona Marat qizi
5 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Jo‘raqulova Farzona Marat qizi 12.12.2005-yilda Navoiy viloyati Navbahor tumanida tug‘ilgan. Hozirda Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashaydi.

U Samarqand davlat chet tillar institutining Tarjima nazariyasi va amaliyoti ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi bo‘lib, bakalavr darajasida tugallanmagan oliy ta’lim olmoqda. Uning faoliyati 2023–2024-yillardan boshlanib, tillar, madaniyatshunoslik va adabiyotga bo‘lgan yuksak qiziqishi orqali shakllangan.

Farzona Jo‘raqulova 2024-yilda “Ta’limdagi muvaffaqiyatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. U COP-14 xalqaro tadbirining tashkilotchisi bo‘lgan. Shuningdek, institut hamda respublika miqyosida doimiy o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjuman va konferensiyalarda o‘z nazariyalari bilan ishtirok etib, munosib taqdirlanib kelmoqda. U respublika va jahon darajasidagi 30 ga yaqin sertifikat, diplom va tashakkurnoma egasi.

Bo‘sh vaqtida jahon va o‘zbek adabiyoti durdonalarini solishtirib, qiyoslab o‘qiydi. She’r yozadi va yodlaydi, shoirlar ijodini muntazam kuzatib boradi. Doimiy ravishda yangi til o‘rganish bilan shug‘ullanadi, turli sohalarda o‘z ustida ishlab, ko‘p qirrali bo‘lishga harakat qiladi.

Uning hayotiy prinsipi: “Mas’uliyat har qanday muvaffaqiyatning asosi.” Uning fikricha, liderlik uchun mas’uliyat, ichki va tashqi bosiqlik hamda masalaga har tomonlama yondashish muhimdir. U boshqalarga mas’uliyat, tartib, hamma narsaga alohida e’tibor bilan qarash va mayda detallargacha ahamiyat berish borasida o‘rnak bo‘la oladi.

Farzonaning kelajakdagi maqsadi shunchaki mutaxassis yoki shunchaki fuqaro bo‘lish emas, balki yetuk inson darajasiga erishishdir. Unda qat’iyat juda kuchli; u yolg‘iz qolishdan qo‘rqmaydi va hamma to‘g‘ri deb bilgan narsaga ko‘r-ko‘rona ergashmaydi. Qarorlarida qalbidan oldin doim aqliga tayanadi.

Hoziroq ariza qoldirish