Jo‘raqulova Komila
Jo‘raqulova Komila Qobiljon qizi 2009-yil 28-aprelda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan. Hozirda Samarqand shahrida yashaydi. U yuridik litseyning 2-kurs talabasi bo‘lib, yuridik sohada tahsil oladi.
Komila ingliz tili bo‘yicha B2 darajasiga ega. U World Youth Festival ishtirokchisi hamda “Zakovat yosh bilimdoni” sifatida qayd etilgan. Unga otasining o‘ziga bo‘lgan ishonchi katta ta’sir ko‘rsatgan.
Uning hayotiy prinsipi: “Har bir natija hozirgi harakatimizga bog‘liq.” Bo‘sh vaqtlarida kitob o‘qiydi, turli xil volontyorlik tadbirlarida ishtirok etadi, rasm chizadi, yangi til o‘rganadi va tabiatni kuzatadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — insonlarga teng munosabatda bo‘lishdir.
Kelajakda Komila oliy o‘quv yurtini bitirib, xalqaro sudya bo‘lishni, eng halol insonlardan biri bo‘lishni hamda ota-onasining ishonchini oqlashni maqsad qilgan. U boshqalarga odamlarga har doim yaxshi muomalada bo‘lish va har qanday vaziyatda hunar hamda bilim o‘rganish namunasini bera oladi. Shuningdek, u oddiy narsalarni boshqalar ko‘rmaydigan tomondan ko‘ra oladi.
