Koʻcharova Oʻgʻiloy Oʻtkir qizi
Koʻcharova Oʻgʻiloy Oʻtkir qizi 2004-yil 30-iyul kuni Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida tugʻilgan. U Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida yashaydi.
U 2024-yilda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yuridik fakultetiga qabul qilingan. Hozirda Yurisprudensiya yoʻnalishi 3-bosqich talabasi.
Oʻgʻiloy «Qizlar ovozi» klubi faol aʼzosi hamda «Qizlar ovozi» akademiyasi volontyorlar jamoasi aʼzosi. U ko‘plab maqolalar tanlovlari gʻolibi bo‘lgan, «Yosh kitobxon» tanlovining faol ishtirokchisi va «Yoshlar giyohvandlikka qarshi» mavzusida oʻtkazilgan insholar tanlovi gʻolibi hisoblanadi. Hindistonda nashr etilgan xalqaro antologiyada oʻz maqolasi bilan ishtirok etib, xalqaro taklifnoma va sertifikat bilan taqdirlangan.
U bo‘sh vaqtida kitob oʻqish, maqola yozish va til oʻrganish bilan shugʻullanadi. Uning hayotiy shiori: «Orzular mehnat bilan rejalarga, rejalar esa muvaffaqiyatga aylanadi». Oʻgʻiloyning kelajakdagi maqsadi yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshadigan yetuk kadr boʻlishdir. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun masʼuliyatli bo‘lish va oʻz ustida koʻproq ishlash muhim. Shuningdek, boshqalar undan hech qachon taslim boʻlmaslikni va masʼuliyatli boʻlishni oʻrganishlari mumkin.
