Komiljonova Dinora
Komiljonova Dinora Allabergan qizi 21.12.2007-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqa‘la tumanida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashaydi.
Dinora TIQXMMI MTUning Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr talabasi bo‘lib, hozirda 2-kursda tahsil oladi. U faoliyatini o‘tgan yildan boshlagan. Bir necha sertifikat sohibi bo‘lgan Dinora xalqaro darajadagi sertifikatlarga ham ega.
Bo‘sh vaqtida u ko‘proq kitob o‘qiydi, sport bilan shug‘ullanadi va startap bo‘yicha ishlaydi. U o‘zini doimo izlanishda bo‘lgan, yangi bilim va imkoniyatlardan foydalanishga intiladigan yosh deb biladi. Turli tanlov va loyihalarda faol qatnashish, yangi g‘oyalarni amalga oshirish hamda o‘z ustida ishlash unga katta motivatsiya beradi. Shuningdek, u jamoa bilan ishlashni, boshqalarga yordam berishni va o‘rganganlarini ulashishni yaxshi ko‘radi.
Uning hayotiy shiori: “Har kuni kechagidan yaxshiroq bo‘lishga intiling. O‘zingizga ishoning, imkoniyatlarni qadrlang va orzularingiz sari dadil qadam tashlang.” Dinoraning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. U haqiqiy lider nafaqat boshqalarga yo‘l ko‘rsatishi, balki o‘z qarorlari va jamoasi uchun javobgarlikni ham zimmasiga olishi kerak, deb hisoblaydi.
Uning kelajakdagi asosiy maqsadi — o‘z sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib, jamiyatga foydali loyihalarni amalga oshirish. Dinora doimiy izlanish, yangi bilim va tajribalar orttirish orqali o‘z ustida ishlashni, xalqaro darajadagi imkoniyatlarda qatnashishni va yurtimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shishni istaydi. Uning eng katta orzusi — o‘z bilim va g‘oyalari bilan boshqa yoshlarga ilhom beradigan, ularga imkoniyat yaratadigan kuchli lider bo‘lish.
