Luqmanova Odina Toxirovna

Luqmanova Odina Toxirovna
Luqmanova Odina Toxirovna
8 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Luqmanova Odina Toxir qizi 10.02.2006-yilda Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan va ayni paytda shu tumanda yashaydi. U Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakultetining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-kurs talabasi. U maktabda ona tili va adabiyot fanlaridan dars beradi. Faoliyatini 2025-yilda institutga qabul qilingach boshlagan.

Odina institut bosqichidagi «Zakovat» intellektual o‘yinida bir necha bor birinchi o‘rinni egallagan. Uning she’rlari «Talabalar karvoni» jurnalida chop etilgan. U «Inson volontyorlari» a’zosi, institut tomonidan tashkil etilgan «Mushoira va ijod» klubi stipendiyanti hamda «Yuksak ilm-fan fidoyisi» ko‘krak nishoni sohibidir. U o‘zbek folklori yo‘nalishida izlanishlar olib bormoqda. Institut hayotiga kirganidan so‘ng u shaxsiy rivojlanish bosqichiga o‘tganini, ustozlarining o‘gitlari va ko‘rsatgan yo‘llari orqali juda ko‘p natijalarga erishganini ta’kidlaydi.

Uning hayotiy prinsipi — har qanday holatda ham taslim bo‘lmaslik, o‘zini rivojlantirish va shaxsiy hayotidagi yutuqlarga faqat o‘z kuchi bilan erishishdir. U ijod borasida Muhammad Yusuf va O‘tkir Xoshimovdan ilhomlanadi. Bo‘sh vaqtida kitob mutolaa qiladi, rasmlar chizadi, til o‘rganadi, dublyaj sohasiga qiziqadi, turli xil monolog va she’rlarni ijro qiladi.

Odina bakalavr yo‘nalishini tamomlab, magistratura bosqichida tahsil olishni rejalashtiradi. U kelajak avlodga yetarlicha bilim bera oladigan yetuk mutaxassis bo‘lishni, adabiyot sohasining misli ko‘rilmagan jumboqlarini yechishni va undagi go‘zallikni kelajak avlodga namoyish etishni maqsad qilgan. Shuningdek, u o‘z shaxsiy brendi asosida yurtga foyda keltiradigan ta’lim maskani tashkil etishni orzu qiladi.

Hoziroq ariza qoldirish