Madinabonu Qosimova
Madinabonu Qosimova Nurmuhammat qizi 2008-yil 13-oktyabrda Andijon viloyati Paxtaobod tumanida tug‘ilgan. Hozirda Paxtaobod tumanida yashaydi. U Andijon davlat pedagogika instituti talabasi bo‘lib, rus tili va adabiyoti yo‘nalishida tahsil oladi.
Madinabonu faoliyatini endigina boshlagan. Hozircha muhim yutuqlari yo‘q. U hayotiga ta’sir qilgan shaxs yoki voqea yo‘qligini bildirgan. Uning hayotiy prinsipi: “Xato qilishdan hech qachon qo‘rqmaslik kerak, zero xatolar muvaffaqiyat sari tashlangan kichik qadamlardir.”
Bo‘sh vaqtida kitoblar o‘qiydi. U liderlik uchun tirishqoqlik, hech qachon taslim bo‘lmaslik, boshqalarni hurmat qila bilish va o‘z ustida to‘xtovsiz ishlash muhim deb hisoblaydi. Kelajakda kuchli rus tili o‘qituvchisi bo‘lish hamda boshqalarga o‘z bilimlarini berishni maqsad qilgan. Boshqalar undan rus tili va adabiyotini o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi.
Madinabonu ingliz tiliga qiziqadi va bu tildan B1 darajasida bilimga ega. Shuningdek, telefonda turli xil videolar olish va ularni tahrirlashga qiziqadi.
“Men jimlikni tanlayman, chunki haqiqiy kuch o‘zini isbotlashga muhtoj emas. Maqsadim baland, qadamlarim esa ishonchli.”
