Mahmudjonova Shohsanam Muzaffar Qizi

Mahmudjonova Shohsanam Muzaffar Qizi
Mahmudjonova Shohsanam Muzaffar Qizi
16 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Mahmudjonova Shohsanam Muzaffar qizi 2005-yil 3-aprelda Namangan viloyati Chust tumani Olmos shaharchasida tug‘ilgan va hozirda shu hududda yashaydi. Uning ta’lim darajasi tugallanmagan oliy bo‘lib, Namangan davlat pedagogika institutining Pedagogika yo‘nalishida tahsil oladi. U 2023-yildan boshlab mazkur institutda o‘qishni boshlagan va hozirda 4-bosqich talabasi.

Shohsanam pedagogik sohada tahsil oladi. U Namangan davlat pedagogika institutida tashkil etilgan bir necha loyiha hamda bir qator tanlovlarda ishtirok etgan. Bo‘sh vaqtida kitob mutolaa qiladi, tabiat qo‘ynida piyoda sayr qiladi, turli xil loyihalar bilan shug‘ullanadi va shaxsiy rivojlanishi uchun o‘z ustida ishlaydi. Shuningdek, oila a’zolari hamda do‘stlari bilan vaqt o‘tkazishni, oila a’zolari bilan suhbat qurishni va ular bilan birgalikda turli xil sayohatlar uyushtirishni yoqtiradi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. U haqiqiy lider yutuqlar, qiyinchiliklar va qabul qilingan qarorlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi, jamoani tinglay olishi, ularda ishonch uyg‘otishi va umumiy maqsad sari birlashtira olishi kerak, deb hisoblaydi. U har qanday vazifaga jiddiy yondashishga, vaqtni qadrlashga va qiyinchiliklar oldida taslim bo‘lmaslikka harakat qiladi. Yangi muhitga tez moslasha oladi, odamlar bilan samarali muloqot o‘rnatishni yaxshi ko‘radi hamda oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda qat’iyatli bo‘lishga intiladi.

Kelajakda u pedagogik faoliyat bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil olishni, shuningdek, xususiy aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab ochishni rejalashtirgan. Uning hayotiy prinsipi: «Muvaffaqiyat tasodif emas, uzluksiz harakat natijasidir».

Hoziroq ariza qoldirish