Murodova Adolat
Murodova Adolat Ilxomjon qizi 15.10.2008-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan va hozirda Toshkent shahrida yashaydi. U 222-maktabni tamomlagan hamda hozirda TIUE universiteti talabasi bo‘lgan. U ingliz tili filologiyasi sohasida endi faoliyat yuritadi.
Adolat ingliz tilidan B1 sertifikatiga ega. U she’rlarini Google platformasiga joylashtirgan, Shohida Yusupovaning shaxsiy rivojlanish bo‘yicha 3 kunlik bepul vebinarida qatnashgan va ushbu vebinar sertifikatiga ega. Shuningdek, u Mutolaa ilovasidan ham sertifikat olgan.
Bo‘sh vaqtlarida she’r yozadi, astronomiyani o‘rganadi, o‘ziga foydali bo‘ladigan turli ingliz tilidagi filmmaking materiallarini tomosha qiladi va blogi bilan shug‘ullanadi. U kitob yozgan, biroq ayrim sabablarga ko‘ra hali chop ettirmagan.
Uning hayotida juda ko‘p voqealar sodir bo‘lganini aytadi. Uning hayotiy shiori: «Komfort zonani unuting, ota-onangizga muvaffaqiyatli qiz farzand kerak». Uning fikricha, lider bo‘lish biroz qiyinroq, biroq ko‘nikmalar orqali bu darajaga yetishish mumkin. U lider uchun eng muhim fazilat har qanday insonga mehribon bo‘lish va ularni kamsitmaslik deb biladi. Shuningdek, insonlar undan kulishni va mehribon bo‘lishni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi.
Adolat kelajakdagi maqsadlari juda ko‘pligini, biroq ularni sir saqlashni ma’qul ko‘radi. Uning boshqa yoshlar uchun maslahati: «Hech qachon to‘xtab qolmang va hammasini kulgu bilan o‘tkazing, chunki hammasi o‘tib ketadi».
