Muslimbek Odiljonov

Muslimbek Odiljonov Nodirjon o‘g‘li
Muslimbek Odiljonov Nodirjon o‘g‘li
8 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Muslimbek Odiljonov Nodirjon o‘g‘li 2008-yil 18-sentabrda Andijon viloyati Asaka tumanida tug‘ilgan. U Andijon viloyati Asaka tumani Yuqori Bo‘z MFYda yashaydi. U o‘rta maktabni bitirgan va Andijon davlat universitetining Buxgalteriya yo‘nalishida tahsil oladi. Uning buxgalteriyaga bo‘lgan qiziqishi 10-sinfdan boshlangan.

Muslimbek IELTS imtihonidan 6.0 ball olgan. Bo‘sh vaqtini ko‘proq til o‘rganishga bag‘ishlaydi va shaxmat o‘ynaydi. U boshqalarning tilga oid savollariga javob bera oladi.

Uning hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan, o‘qishga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otgan hamda o‘z yo‘lini topishiga katta ta’sir qilgan eng muhim insonlardan biri — uning “opoqim” deb atagan shaxsidir. Uning hayotiy shiori: “Yo‘ling qiyin bo‘lsa, demak maqsading arziydi.”

Muslimbekning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. Chunki haqiqiy lider qarorining oqibatini o‘z zimmasiga oladi, qiyin paytda boshqalardan oldin javobgarlikni o‘ziga oladi, xato qilsa bahona izlamay xatosini tan oladi, boshqalarni buyruq bilan emas, o‘z namunasi bilan ergashtiradi hamda jamoasining manfaatini ham o‘ylaydi.

U kelajakda o‘z sohasi bo‘yicha eng yirik mutaxassislardan biri bo‘lishni hamda ko‘plab davlatlarning tarixi, tili va madaniyatlarini o‘rganishni maqsad qilgan.

Hoziroq ariza qoldirish