Muxtasibov Elshod Maratovich
Elshod Muxtasibov Maratovich 2008-yil 19-iyul kuni Samarqand viloyati Toyloq tumanida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent viloyati Qibray tumani O‘ngo‘rg‘on mahallasida yashaydi. 34-maktabda o‘rta ta’lim olgan Elshod hozirda O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 1-bosqich talabasi bo‘lib, mobilografiya, jurnalistika hamda axborot va jamoatchilik bilan aloqalar sohasida tahsil oladi.
U jurnalistika sohasidagi faoliyatini 2024-yilda boshlagan. 2025-yildan kontentmeykerlik va mobilograflik faoliyati bilan shug‘ullanadi. U «Turon maktab teatri» tanlovining viloyat g‘olibi bo‘lgan.
Elshodning ushbu sohada ijodkor bo‘lishiga ustozi, Maroqand ijodkorlar kengashi raisi Abbosbek Shodmonqulov sababchi bo‘lgan. Hozirda u RTVda amaliyotchi muxbir, tajribali mobilograf hamda O‘zJOKU talabasi. Uning hayotiy prinsipi: «Oliy maqsadlar oliy bo‘lsagina foydali».
Bo‘sh vaqtida kitob o‘qish, kontent tayyorlash hamda yangiliklar uchun ovoz yozish bilan shug‘ullanadi. U ovoz bo‘yicha mahorat va diktorlik qobiliyatiga ega. Elshod boshqalarga jurnalistika faoliyati, ovozni rivojlantirish, kreativ kontent va media loyihalar tayyorlashni o‘rgata oladi, deb hisoblaydi.
Uning fikricha, lider uchun eng muhim fazilatlar keng fikrlash, kreativlik hamda nafaqat jamoani, balki butun insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga boshlay olishdir. Uning kelajakdagi maqsadi Prezident axborot bo‘limi kotibi bo‘lishdir.
