Nasilloyev Nasillo Nuriddin o'g'li
Nasilloyev Nasillo Nuriddin o‘g‘li 1993-yil 10-noyabrda Buxoro viloyati, Jondor tumani, Jamiyat MFY, Paxtakor ko‘chasida tug‘ilgan. U oliy ma’lumotli bo‘lib, Buxoro xalqaro universitetida tahsil olgan. Psixologiya sohasiga qiziqadi hamda faoliyatini 2014-yilda boshlagan.
U Jondor tumanida o‘tkazilgan “Eng ilg‘or yoshlar yetakchisi” tanlovi g‘olibi bo‘lgan. Qurolli Kuchlar respublika bosqichida “eng ilg‘or guruh komandiri” sifatida qayd etilgan. Shuningdek, Buxoro xalqaro universiteti magistraturasiga imtihonsiz kirish uchun sertifikat sohibi.
Nasilloyev Nasillo Nuriddin o‘g‘liga Barotov Sharif Ramazonovich kuch va ilhom beradi. Uning hayotiy shiori: “Intilganga tole yor”. U bo‘sh vaqtida IT bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun namuna bo‘lish, oldinga intilish, ergashtira olish va ishonch muhim fazilatlardir.
Uning kelajakdagi maqsadi Qonunchilik palatasi deputati bo‘lishdir. U o‘qib-o‘rganib, namuna bo‘lishni istaydi; professor, deputat va fan doktori bo‘lishni orzu qiladi. U orqaga qaytmaslik va maqsadiga erishmaguncha to‘xtamaslik fazilatlari bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishni maqsad qilgan.
