Norsafarova Zuhal

Norsafarova Zuhal Obid qizi
Norsafarova Zuhal Obid qizi
10 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Norsafarova Zuhal Obid qizi 2005-yil 6-oktabrda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida tug‘ilgan. U hozirda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashaydi. Shahrisabz davlat pedagogika institutining 4-bosqich talabasi bo‘lgan Zuhal Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari yo‘nalishida tahsil oladi hamda institut Yoshlar ittifoqida faoliyat yuritadi.

U faoliyatini 2019-yilda g‘azalxonlik tanlovida qatnashishdan boshlagan. Zuhal Suyima G‘aniyeva nomidagi stipendiya sohibasi. U «Yoshlar festivali» doirasidagi «Zukko kitobxon» tanlovida 2-o‘rinni egallab, 3 000 000 so‘m pul mukofotiga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, «O‘tkir Hoshimov asarlari bilimdoni» ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi ishtirokchisi hisoblanadi.

Ilmiy faoliyatda 30 ga yaqin maqola muallifi bo‘lgan Zuhal 2024-yilda Germaniyaning JustFiction Edition (yoki Morawa) nashriyotida «Muvaffaqiyat satrlari: Orzular, albatta amalga oshadi!» nomli asarini chop ettirgan. U «Falsafaning mohiyati jamiyat taraqqiyotidagi roli» nomli uslubiy qo‘llanma muallifi, «Akademik halollik» loyihasi menejeri, Wikisfera II oromgohi hamda Karyera maktabining ishtirokchisidir.

U bo‘sh vaqtida asosan til o‘rganish bilan shug‘ullanadi, «Qizlar akademiyasi»dagi onlayn kurslarda qatnashadi va turli volontyorlik tadbirlarida faol ishtirok etadi. Uning shiori: «Orzular harakat bilan haqiqatga aylanadi». U imkoniyat kutib o‘tirmasdan, o‘zi uchun imkoniyat yaratishni asosiy hayotiy prinsip deb biladi. Kelajakda ta’limini muvaffaqiyatli davom ettirib, o‘z sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lishni, xorijiy tillarni mukammal o‘rganib, xalqaro loyihalar va konferensiyalarda ishtirok etishni istaydi. Shuningdek, yoshlar bilan ishlash, foydali loyihalarni amalga oshirish va jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shishni orzu qiladi.

Hoziroq ariza qoldirish