O'ktamova Zebiniso Shuxrat qizi
O'ktamova Zebiniso Shuxrat qizi 2006-yil 21-avgustda Buxoro viloyati Jondor tumanida tug'ilgan. U Buxoro viloyati Jondor tumanida yashaydi.
U 16-umumta'lim maktabida tahsil olgan. Hozirda Osiyo xalqaro universitetining Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) yo'nalishi 3-kurs talabasi bo'lib, bo'lajak o'qituvchi hisoblanadi.
Zebiniso faoliyatini maktab paytidan kitob o'qish orqali boshlagan. U ilmiy maqolalar muallifi. Bo'sh vaqtida kitob o'qiydi, yangi g'oya va loyihalar o'ylab topadi.
Uning hayotiy prinsipi: «Hayot qisqa — uni qo'rquv bilan emas, orzular bilan yashash kerak. Hayotini o'zgartirish uchun mukammal vaqtni kutmaydi — bugundan boshlaydi». Uning fikricha, lider bo'lish uchun doimo oldinga yurish va orqaga qaramaslik muhim.
Kelajakda u har bir bola o'qishi uchun zo'r imkoniyatlar yaratib berishni hamda hayotda yiqilmasligi uchun motivatsiya berishni rejalashtiradi. U boshqalar undan hayotda qiyinchilik bo'lsa ham tura olishni va uni yengib o'tish sirlarini o'rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.
«Yoshligingda o'zingga ishonsang, kelajaging ham senga ishonadi. Bugun kichik qadam tashlagan inson ertaga katta marralarni zabt etadi».
