Olmosov Ozodbek Faxriddinovich

Olmosov Ozodbek Faxriddinovich
Olmosov Ozodbek Faxriddinovich
12 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Olmosov Ozodbek Faxriddinovich 2008-yil 19-sentyabrda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashaydi. Qumqo‘rg‘on tumanidagi 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan Ozodbek Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro munosabatlar yo‘nalishida tahsil oladi.

Uning ilm olishga bo‘lgan qiziqishi maktabgacha bo‘lgan davrda shakllangan. Oilasi, xususan bobosining ta’siri va tarbiyasi tufayli u maktabga borishidan avval yozish, o‘qish va hisoblashni o‘rgangan. Maktab yillaridan boshlab ta’limiy, ilmiy va madaniy tadbirlarda faol qatnashib, tarix, geografiya va ingliz tili fanlariga alohida qiziqish bildirgan. U 9-sinfdan boshlab geografiya, ingliz tili, matematika va tarix fanlari bo‘yicha olimpiadalarda muntazam ishtirok etib, viloyat bosqichlariga bir necha bor chiqqan.

Ozodbek 189 ball bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro munosabatlar yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan. U CEFR til sertifikatining B2 darajasini 59 ball bilan, tarix fanidan milliy sertifikatning A+ darajasini 82,46 ball bilan hamda ona tili fanidan milliy sertifikatning A darajasini 69,99 ball bilan qo‘lga kiritgan. Barcha sertifikatlarini birinchi urinishda olganini ta’kidlaydi.

U harbiy va vatanparvarlik yo‘nalishidagi musobaqalarda ham faol ishtirok etgan. Yanvar oyida o‘tkazilgan vatanparvarlik musobaqasining 6 ta yo‘nalish bo‘yicha saralash jarayonida “Eng bilimdon o‘quvchi” yo‘nalishidagi savol-javob shartida 1-o‘rinni egallab, viloyat bosqichida tuman nomidan ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan. Futbol bo‘yicha maktab turnirlarida bir necha bor g‘olib bo‘lgan va maktablararo musobaqalarda qatnashgan. Hozirda JIDU talabalari bilan universitet futbol jamoasini shakllantirish, rektor kubogi va universitetlararo musobaqalarda ishtirok etish tashabbuslarini ilgari surmoqda.

Bo‘sh vaqtlarida siyosiy, badiiy, ilmiy va biznes adabiyotlarini o‘rganadi, chet tillarini o‘rganadi hamda sport bilan shug‘ullanadi. U tarix, geografiya, siyosat va xalqaro munosabatlarga oid adabiyotlarni mutolaa qilib, bilimlarini mustaqil kengaytirib boradi. Kelgusida ilmiy maqolalar, tezislar va tadqiqotlar olib borishni maqsad qilgan.

Uning asosiy maqsadi xalqaro munosabatlar va diplomatiya sohasida chuqur bilim hamda amaliy tajribaga ega kuchli mutaxassis bo‘lishdir. U egallagan bilim va tajribasini O‘zbekistonning xalqaro maydondagi manfaatlarini ilgari surish, mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shish va yoshlar uchun foydali tashabbuslarni amalga oshirishga yo‘naltirishni niyat qilgan. Shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh avlodni fan, adabiyot, san’at va sport sohalarida moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni istaydi.

Uning hayotiy prinsipi: “Hatto mag‘lubiyatni taqdirning in’omi sifatida ko‘radigan inson hech qachon yutqazmaydi.”

Hoziroq ariza qoldirish