Qilichev Salohiddin Samadovich
Salohiddin Qilichev Samadovich 2008-yil 5-noyabrda Yashnobod tumanida tug‘ilgan. U Toshkent viloyati, Qibray tumanida yashaydi. U talaba bo‘lib, 48-maktab, «TATU» akademik litseyi va «Buxoriylar maktabi» xususiy maktabida tahsil olgan. Hozirda Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida tahsil oladi. U 7-sentyabr kuni universitetga hujjat topshirgan.
Salohiddin qo‘l jangi sport turi bilan shug‘ullanadi. U shahar musobaqalarida 1- va 2-o‘rinlarni, viloyat musobaqalarida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan. O‘zbekiston Respublikasi bosqichiga saralashda birinchi o‘rinni olgan. Matematikadan B+, CEFR bo‘yicha B2, tarixdan B+ va ona tilidan B natijalariga ega.
U bo‘sh vaqtida nemis tili hamda dasturlashni o‘rganadi, ba’zida qo‘shiq aytadi. Uning shiori: «Bugungi bilim — ertangi najotdir». U lider bo‘lish uchun har qanday xato va qiyin vaziyatdan o‘zgacha yo‘llar bilan chiqib keta olish muhim, deb hisoblaydi. Shuningdek, boshqalar undan qiyin vaziyatlardan chiqib ketishni va har qanday holatda ham sokin bo‘la olishni o‘rganishlari mumkinligini aytadi.
Uning kelajakdagi rejasi — chet davlatlar bilan xalqaro biznes aloqalarini o‘rnatish va o‘z yurtiga foydali inson bo‘lish.
Hech qayerga shoshilma, chunki barcha yo‘llar bitta joyga olib boradi.
Bugungi bilim — ertangi najotdir.
