Qosimova Zebiniso

Qosimova Zebiniso Qahramonbek qizi
Qosimova Zebiniso Qahramonbek qizi
4 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Qosimova Zebiniso Qahramonbek qizi 2009-yil 24-avgustda Ibn Sino mahallasidagi Beklar qishlog‘ida tug‘ilgan. U Buxoro viloyati, Jondor tumanida yashaydi. Hozirda Buxoro davlat universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishida tahsil oladi. U ona tili va adabiyot yo‘nalishining 1-kurs talabasi bo‘lib, suxandonlik bo‘yicha faoliyat yuritadi.

Zebinisoning she’riyat va adabiyotga bo‘lgan qiziqishi maktab davridan boshlangan. Ayniqsa, 5-sinfdan boshlab adabiyot darsi unda adabiyotga mehr uyg‘otgan. Oilasida adabiyot ixlosmandlari ko‘p. Uning hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan insonlardan biri — onasi bo‘lib, onasining qo‘llab-quvvatlashi va rag‘batlari Zebinisoning kitob, adabiyot, she’riyat hamda badiiy asarlarni mutolaa qilishga qiziqishini tobora oshirgan.

U B2 CEFR va ona tilidan B+ sertifikatlarini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, yoshligidan turli she’rxonlik tanlovlarida faxriy o‘rinlarni egallagan. Bo‘sh vaqtlarida kitob mutolaa qiladi, she’r yodlaydi va suxandonlik mahoratini oshirish bilan shug‘ullanadi. U she’r aytish hamda she’rlarni ifodali o‘qishni yaxshi ko‘radi. Bu mashg‘ulotlar uning bilimini boyitib, nutqi va dunyoqarashini rivojlantiradi.

Uning hayotiy prinsipi: “Buyuk natijalar doimo kichik, ammo ishonchli qadamlardan boshlanadi.” Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat. Chunki haqiqiy lider o‘z so‘zlari va qilgan ishlari uchun javobgarlikni his qilishi, jamoasiga o‘rnak bo‘la olishi kerak.

Kelajakda Zebiniso ona tili va adabiyoti yo‘nalishida tahsil olib, yetuk mutaxassis bo‘lishni orzu qiladi. Shuningdek, teleradiokompaniyada boshlovchi bo‘lib ishlab, suxandonlik sohasida o‘z o‘rnini topishni istaydi. U o‘z qiziqishlarini rivojlantirib, o‘z sohasida ijodkor va faol inson bo‘lishni maqsad qilgan.

Hoziroq ariza qoldirish