Quramboyeva Aziza Oʻtkirbek qizi
Quramboyeva Aziza Oʻtkirbek qizi 23.12.2007-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. U Xorazm viloyati, Bogʻot tumanida yashaydi. Hozirda Chirchiq davlat pedagogika universitetining amaliy fanlar yo‘nalishida 1-kurs talabasi. U o‘zini bo‘lajak matematik sifatida ta’riflaydi.
Aziza milliy sertifikatlar sohibasi, “Renessans qizlar” va Qizlar akademiyasi a’zosi. U “Vatanga ehtirom” ijodiy ishlar tanlovining faol qatnashchisi bo‘lgan hamda “Targʻibot tadbirlarini toʻgʻri tashkillashtirish” kursini muvaffaqiyatli yakunlagan. Shuningdek, u volontyor va OʻzXDP a’zosi.
Bo‘sh vaqtida badiiy kitoblar mutolaa qiladi, voleybol bilan shug‘ullanadi va volontyorlik faoliyatida ishtirok etadi. U qiziquvchan bo‘lib, har sohada o‘zini sinab ko‘rishni xohlaydi. U bu darajaga erishishida ota-onasining o‘rni juda katta ekanini ta’kidlaydi.
Uning hayotiy shiori: “Har kuni kechagidan biroz aqlliroq va kuchliroq bo‘lish.” Liderlik haqidagi qarashi esa: “Boshqalarni tinglay olish va ularni tushuna bilish — liderning eng kuchli fazilatidir.” Aziza o‘z sohasi bo‘yicha eng zo‘r liderlardan bo‘lishni maqsad qilgan. Uning fikricha, boshqalar undan odob-axloq qoidalari va volontyorlikni o‘rganishlari mumkin.
