Ravshanov Daler

Ravshanov Dalerjon
Ravshanov Dalerjon
8 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Ravshanov Dalerjon 2009-yil 12-aprelda tug‘ilgan. U Samarqand shahrida yashaydi va maktab o‘quvchisi. U diplomatiya sohasida o‘qiydi hamda faoliyatini 13 yoshidan boshlagan.

U voleybol, karate va MMA sport turlari bilan shug‘ullanadi. Maktabda FVV ishtirokchisi bo‘lgan. U MUN doirasida delegate, co-chair, organizer va volunteer sifatida qatnashgan. Shuningdek, CAN Youth, Veltera, Cambridge MUN loyihalari hamda Samarqand Challenge’da qatnashgan.

Bo‘sh vaqtida voleybol bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun har qanday jamoa bilan ishlash, har qanday muhitga moslasha olish va yangilanish yaratish muhimdir. U mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish kifoya, qolganlari esa odamning o‘ziga bog‘liq, deb hisoblaydi.

Uning kelajakdagi rejasi UWED universitetiga kirish va juda yaxshi diplomat bo‘lishdir.

Uning hayotiy shiori:

«Sababsiz kulma, maqsadsiz yurma,

Orzularingdan hech qachon qaytma,

Har kun o‘zingga yangi marrani qo‘y,

Kelajak sari dadil qadam qo‘y».

«Vaqtingizni qadrlang, ilm olishdan charchamang. Maqsadingizni aniq belgilang va unga sabr, mehnat hamda intizom bilan intiling.»

Hoziroq ariza qoldirish