Sattorova Nozikoy

Sattorova Nozikoy Shukrulloyevna
Sattorova Nozikoy Shukrulloyevna
9 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Sattorova Nozikoy Shukrulloyevna 22.03.2007-yilda Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanida tug‘ilgan. Hozirda Qorako‘l tumanida yashaydi.

U Buxoro shahridagi Osiyo Xalqaro universitetining 3-kursida filologiya (o‘zbek tili) yo‘nalishida tahsil oladi. Faoliyatini 3 yil avval boshlaganini bildirgan. Shuningdek, u ko‘p marta maqollar chiqarganini aytadi.

Nozikoyning ilhom manbalari — onasi va ustozi. Uning hayotiy prinsipi: «Meni buyuk ishlar kutyapti». Bo‘sh vaqtida turk tili kursiga qatnaydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun o‘z sohasini juda yaxshi o‘rganish va hammaga ko‘maklashish muhim.

U 2 yildan keyin o‘qishini tugatib, o‘z sohasida ishlashni, shaxsiy uy va mashina olishni, uyidagilarga yordam berishni, eng chiroyli oila qurishni, eng yaxshi ayol bo‘lishni hamda ko‘proq sayohat qilishni rejalashtiradi. Qanday vaziyat bo‘lishidan qat’i nazar, qo‘lidan kelgancha hammaga yordam berishini bildiradi.

«Nima bo‘lishidan qat’i nazar, 1-chi navbat o‘qib, keyin qolgan ishlarni qilishsin.»

Hoziroq ariza qoldirish