Sayda'zimova Komila
Sayda'zimova Komila Xusniddin qizi 16.02.2007-yilda tug‘ilgan. U Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumanida yashaydi. Hozirda O‘zbekiston Milliy universitetining 2-bosqich talabasi bo‘lib, Jurnalistika va filologiya fakultetining filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishida tahsil oladi.
Komilaning ilk she’ri u 8-sinfda tahsil olayotganida kitobda chop etilgan. Uning ona tili va ingliz tilidan sertifikatlari bor. She’rlari «Nur ustiga nur» kitobida chop etilgan.
U bo‘sh vaqtida badiiy kitob o‘qiydi va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanadi. Uning hayotiy shiori: «Orzu qil, harakat qil va taslim bo‘lma — orzular mehnat bilan haqiqatga aylanadi». Uning fikricha, lider bo‘lish uchun olg‘a sari intilish hamda bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish muhim. Shuningdek, kelajak yoshlari ilm o‘rganib, o‘z poydevorini yaratishi kerak deb hisoblaydi.
Komilaning maqsadi eng nufuzli universitetlarda dars berishdir. U yoshlarning ilmga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish uchun o‘z hissasini qo‘shmoqchi. Shuningdek, she’rlarini kitob shaklida chiqarib, yoshlarga ko‘nikma bermoqchi. Hozirgi kunda uning ilmga bo‘lgan qiziqishi yuksak darajada.
