Saydullayeva Dilnoza
Saydullayeva Dilnoza Oybek qizi 2006-yil 19-iyunda Jizzax shahrida tug‘ilgan. U Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashaydi. Dilnoza bakalavr bosqichida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ingliz filologiyasi yo‘nalishida tahsil oladi.
U faoliyatini 2024-yildan universitet hayotidan ilhomlanib boshlagan. Universitet tomonidan tashkil etilgan turli loyihalarda faol ishtirok etib, loyihalar koordinatori sifatida faoliyat yuritgan. Bu yo‘nalishdagi faoliyati va loyihalardagi ishtiroki uchun sertifikatlarga ega bo‘lgan. Shuningdek, u “Qizlar Akademiyasi” tomonidan tashkil etilgan dasturlarda faol qatnashib, bir nechta sertifikat olgan. Volontyorlik faoliyati uchun sertifikatga, onlayn she’r o‘qish tanlovlaridagi ishtiroki uchun esa sertifikatlarga ega bo‘lgan.
Universitet talabasi bo‘lishi unga juda katta ta’sir qilgan. Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, onlayn she’rlar o‘qiydi, loyihalarda ishtirok etadi va shaxsiy kanalini yuritadi. Uning fikricha, lider uchun eng muhim fazilat — odamlarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, ularni tinglash va qo‘llab-quvvatlash.
Dilnoza bilimlarini mustahkamlab, faqat oldinga harakat qilishni reja qilgan. U hammaga bir xil muomalada bo‘lish va insonlarga yomon so‘z bilan emas, dardiga dori singari munosabat bildirish muhimligini ta’kidlaydi. Harakatdan to‘xtamaslikni muhim deb biladigan Dilnoza o‘zini mard va jasur qiz deb ta’riflaydi. Uning hayotiy shiori: “Muvaffaqiyatga erishguncha faqat yolg‘iz bo‘laman, erishgandan so‘ng mardlar ko‘payadi.”
