Sayoxat Saida’zamova

Sayoxat Saida’zamova Abdumurod qizi
Sayoxat Saida’zamova Abdumurod qizi
8 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Sayoxat Saida’zamova Abdumurod qizi 2004-yil 16-yanvarda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan. U Toshkent shahri Yangihayot tumanida yashaydi. U oliy ma’lumotli bo‘lib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olgan. Jurnalistika va siyosiy tahlil sohasida faoliyat yuritadi.

U faoliyatini 2023-yilda UzLiDeP qoshidagi Yosh siyosatchilar ligasiga qo‘shilishdan boshlagan. Keyinchalik Yoshlar ishlari agentligining Toshkent shahar hududiy kengashi, Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar bo‘limi, BIZ TV telekanali, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati hamda O‘zbekiston butunjahon yoshlar assotsiatsiyasida faoliyat yuritgan.

Sayoxat maktabni Oltin medal bilan tamomlagan, universitetni qizil diplom bilan tugatgan. U 2022-yilda Malayziyada o‘tkazilgan “Youth International Network” tanlovida ishtirok etgan. 1-kursda sessiyada olgan 4 bahosini u hayotidagi “breyk-shot” — billiarddagi piramidani sochib yuboradigan birinchi zarbaga qiyoslaydi. Bu holat uni o‘qishi oxirigacha boshqa 4 baho olmaslik uchun yanada kuchli harakat qilishga undagan. Uning barcha yutuqlari Instagram highlightlarida joylangan; u o‘zini omadsiz yoki ishi yurishmayotgandek his qilsa, ularni ko‘rib chiqib, o‘ziga: “40 ga chidagan 41 ga chidaydi”, deydi.

Uning hayotiy prinsipi: “Balchiq tagida ham oltin yaraqlaydi.” U hech nimasi bo‘lmaganida harakat qilib ko‘tarilganini unutmaslik, boshqalarni hukm qilmaslik, jirkanmaslik, o‘zidan itarmaslik va ularga past nazar bilan qaramaslik kerak, deb hisoblaydi. U inson o‘zi uchun yaxshi odam bo‘lsa, balchiq tagidan qanday chiqib olganini sezmay qolishiga ishonadi.

Bo‘sh vaqtida u sport bilan shug‘ullanadi, ingliz tilida multfilmlar tomosha qiladi yoki uxlaydi; bo‘sh vaqti deyarli bo‘lmaydi. Uning eng sevimli mashg‘uloti uyda xotirjam ovqatlanayotganda “Pishloq yomg‘iri” multfilmini tomosha qilishdir. U multfilm ko‘rishni juda yoqtiradi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — 5 ta insonga 5 xil vazifa bera olishdir. U insonlarning iqtidori xilma-xil bo‘lishini inobatga olib, har biriga o‘z iqtidoridan kelib chiqib topshiriq berish kerak, deb hisoblaydi. U o‘zini juda sabrsiz deb biladi: bir vaqtning o‘zida 4–5 ta topshiriqni bajaradi, ko‘plab loyihalarga ariza jo‘natadi va muvaffaqiyatga tezroq erishishga harakat qiladi. U orzu qilgan narsasiga albatta hamda tezroq erishishini ta’kidlaydi.

Sayoxat ziyoli oilada ulg‘aygan, oiladagi eng katta qiz farzanddir. U ukasi va singlisiga namunali opa, ota-onasiga esa faxrlanarli qiz farzand bo‘lishni muhim deb biladi. Kelajakda magistraturada o‘qish davomida uni tushunadigan inson bilan oila qurishni, so‘ngra PhDda o‘qishni va Prezident administratsiyasiga ishga kirishni maqsad qilgan. Shuningdek, dunyo liderlari bilan yakkama-yakka uchrashib, jurnalist sifatida ulardan intervyu olishni orzu qiladi.

“Yoshligingizni imkoniyatlarga aylantiring, bahonalarga emas. Har qiyinchilikda nolimasdan imkoniyat qidiring.”

Hoziroq ariza qoldirish