Sevinch Botirjonova Tursunali qizi

Sevinch Botirjonova Tursunali qizi
Sevinch Botirjonova Tursunali qizi
8 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Sevinch Botirjonova Tursunali qizi 2005-yil 1-oktyabrda Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashaydi.

U Namangan viloyati Chust tumanidagi 58-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini tamomlagan. Hozirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz filologiyasi fakulteti 3-kursida tahsil oladi. Uning ta’lim yo‘nalishi ta’lim va filologiyadir.

Sevinch “Umid Yog‘dusi” loyihasida koordinator sifatida faoliyat yuritgan. U “Kelajak ofisi” dasturi ishtirokchisi bo‘lgan va “The Best Delegate” nominatsiyasiga sazovor bo‘lgan. Eco Volunteer sifatida volontyorlik faoliyatida qatnashgan. Universitet Students Union faoliyatida, jumladan, “Zakovat” intellektual o‘yinlari va turli yoshlar tadbirlarida faol ishtirok etgan. Shuningdek, Yoshlar Ittifoqi tomonidan tashkil etilgan tadbir va loyihalarda qatnashgan.

U turli ijtimoiy va ta’limiy tadbirlarni tashkil etishda, marafonlarda, challengelarda hamda yugurish musobaqalarida ishtirok etgan. “World Words Project” xalqaro loyihasida qatnashib, loyiha doirasida tayyorlagan essesi Italiya jurnalida nashr etilgan. Turli marafonlar, challengelar, tanlovlar va ta’limiy loyihalardagi ishtiroki orqali volontyorlik, liderlik, jamoa bilan ishlash va loyiha tashkil etish bo‘yicha tajriba orttirgan.

U ilmiy faoliyatga qiziqadi va ingliz tili hamda ta’lim yo‘nalishida tadqiqot olib borishga harakat qiladi. Shu kungacha “The Effectiveness of AI-Based Language Learning Apps: A Comparative Study of Duolingo and ELSA Speak”, “The Role of Women in the Growth of the Intellectual Potential of the New Uzbekistan” hamda “The Influence of Background Music on Language Learning and Focus” mavzularida maqolalar yozgan. “The Influence of Background Music on Language Learning and Focus” maqolasi “Hamkor Konferensiyalar” nashrida chop etilgan. U ona tili fanidan Milliy sertifikatning A darajasiga va ingliz tilidan CEFR B2 sertifikatiga ega.

Bo‘sh vaqtida kitob o‘qish, musiqa tinglash va pianino chalishni yoqtiradi. U 5 ta til — o‘zbek, tojik, rus, turk va arab tillarini biladi, navbatdagi maqsadi esa koreys tilini o‘rganishdir. Yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, ayniqsa tillar orqali yangi madaniyatlarni o‘rganish unga qiziq.

Uning hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan insonlardan biri — akasi. Akasining mehnatsevarligi, maqsad sari intilishi, yangi bilimlarni o‘rganishga qiziqishi, maslahatlari va qo‘llab-quvvatlashi Sevinchga tillarni o‘rganish, o‘z ustida ishlash, doimo rivojlanish hamda imkoniyatlardan unumli foydalanishda motivatsiya bergan.

Sevinch liderlikda eng muhim fazilat deb mas’uliyatni hisoblaydi. Unga ko‘ra, haqiqiy lider o‘z qarorlari va jamoasining natijalari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. U jamoaviy loyihalar va tadbirlarni tashkil etishda vazifalarni taqsimlashga, jamoa a’zolarini birlashtirishga, muammolarga yechim topishga hamda ishni belgilangan muddatda yakunlashga harakat qilgan. Tinglash, jamoani qo‘llab-quvvatlash, tashabbus ko‘rsatish va har bir insonning fikrini qadrlashni ham muhim deb biladi.

Kelajakda u ingliz filologiyasi sohasida chuqur bilim va tajriba orttirib, malakali mutaxassis bo‘lishni istaydi. Ta’lim va volontyorlik yo‘nalishlaridagi faoliyatini davom ettirib, yoshlar uchun foydali loyihalarni amalga oshirish, o‘z bilim va imkoniyatlari orqali jamiyatga foyda keltirish hamda boshqalarga ilhom bera oladigan inson bo‘lish uning asosiy maqsadlaridandir.

Uning hayotiy prinsipi: “Harakat qilgan inson uchun imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q.”

“O‘zingizga ishoning, boshlashdan qo‘rqmang — bugungi kichik qadamingiz ertangi katta yutug‘ingizga aylanishi mumkin.”

Hoziroq ariza qoldirish