Shodiyorova Aslzoda Xurshid qizi

Shodiyorova Aslzoda Xurshid qizi
Shodiyorova Aslzoda Xurshid qizi
5 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Shodiyorova Aslzoda Xurshid qizi 2008-yil 4-dekabrda Toshkent shahri Yashnabod tumanida tug‘ilgan. U Toshkent viloyati Qibray tumanida istiqomat qiladi. 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchisi bo‘lgan Aslzoda islomiy moliya yo‘nalishi talabasi. U 2026-yilda davlat imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tib, TDIU talabaligiga tavsiya etilgan.

Aslzoda ingliz tili bo‘yicha CEFR B2, nemis tili bo‘yicha Onset B1 darajasiga ega hamda oltin medal sohibasidir. Unga onasi katta ta’sir ko‘rsatgan: onasi oliy ma’lumotli, f.f.f. doc. darajasidagi dotsent va til sertifikatlari sohibasi bo‘lib, intiluvchan hamda tirishqoq insondir.

Uning qiziqishlari kitob o‘qish, shaxmat o‘ynash, carving san’ati va yangi tillarni o‘rganishni qamrab oladi. Aslzoda liderlikda jamoani hushmuomalalik va yetakchilik bilan boshqarish, yaxshi kayfiyat hamda jamoaviy ruhni saqlash, muammolarni hal qilish qobiliyatini muhim deb biladi. Uning fikricha, boshqalar undan o‘ziga ishonch, qat’iyat, kitobga, tilga va sayohatga ixlosmandlikni o‘rganishlari mumkin.

U 2023-yilda sal kam bir yil o‘zining onlayn savdo biznesini yuritgan. Shuningdek, 2025-yil sentabrdan 2026-yil martgacha o‘z matematika ustozining qo‘lida support math teacher lavozimida ishlagan.

Kelajakda Aslzoda xalqaro konferensiyalar, sammitlar va internshiplarda qatnashib, xalqaro darajada tajriba hamda yangi bilimlarga ega bo‘lishni rejalashtiradi. Shuningdek, dunyo bo‘ylab rivojlangan davlarda tajriba sayohatlarini amalga oshirib, yangi g‘oyalar bilan O‘zbekiston rivojlanishiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan. Uning hayotiy prinsipi: “Dunyo umidga emas, ishonchga javob beradi. Inson doimo o‘z rivojlanish orzusi yo‘lidan ketishi kerak, zero mehnat va qat’iyat iste’doddan ham kuchliroq bo‘lishi mumkin.”

Hoziroq ariza qoldirish