Sidikova Nixola A’loxon qizi

Sidikova Nixola A’loxon qizi
Sidikova Nixola A’loxon qizi
9 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Sidikova Nixola A’loxon qizi 1997-yil 21-sentabrda tug‘ilgan. U Namangan viloyati, Chortoq tumanida yashaydi. Uning ta’lim darajasi — tugallanmagan oliy. U Chortoq tibbiyot kollejida tahsil olgan va hozirda Impuls tibbiyot instituti Namangan filiali Davolash fakultetining 5-kurs talabasi.

U faoliyatini 2016-yildan boshlagan. Nixola Sidikova CAU xalqaro olimpiadasida qatnashgan hamda Impuls tibbiyot institutida 5 yildan beri grant yutib kelmoqda. Hozirda uning 15 ta ilmiy maqolasi, 1 ta uslubiy qo‘llanmasi va 2 ta DGUsi bor.

Uning hayotdagi eng katta ilhom manbalaridan biri onasi bo‘lib, onasi unga doimo oldinga intilish uchun motivatsiya beradi. Bo‘sh vaqtida USMLE imtihoniga tayyorgarlik ko‘radi. Uning hayotiy shiori: «Ilm bilan o‘saman, mehnat bilan isbotlayman, natijam bilan nom qoldiraman».

Nixola Sidikovaning maqsadi nufuzli stipendiyalarga erishish, USMLE imtihonlarining barcha bosqichlarini muvaffaqiyatli topshirish va chet elda malakasini oshirishdir. U o‘z bilim va tajribasini yurtimiz tibbiyotiga olib kirib, zamonaviy texnologiyalar asosida tibbiyotni rivojlantirishni istaydi. Kelajakda o‘z xususiy ayollar klinikasini ochib, bemorlarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishni, shu bilan birga farzandlari uchun mehribon va namunali ona bo‘lishni orzu qiladi.

Uning fikricha, haqiqiy lider buyruq bermaydi, yo‘l ko‘rsatadi, mas’uliyatni oladi va namuna bo‘ladi. U boshqalarga maqsad sari qat’iyat bilan harakat qilishni, qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikni va doimo o‘z ustida ishlashni o‘rgata oladi. U bir narsaga ahd qilib kirishsa, qanday to‘siq bo‘lishidan qat’i nazar, ko‘zlagan natijasiga Alloh izni bilan yetishiga ishonadi.

Hoziroq ariza qoldirish