Ensiklopediya1 daqiqa
Sobitova Muxlisa Ulugʻbek qizi
Maktabgacha ta’lim talabasi · Ilmiy maqolalar muallifi · Type Master muallifi · Kompyuter savodxonligi o‘qituvchisi · Ingliz tili o‘rganuvchisi
Sobitova Muxlisa Ulugʻbek qizi 03.04.2007 kuni Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan. Hozirda Namangan viloyati Chust tumanida yashaydi. U Namangan davlat pedagogika institutining Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil oladi.
U faoliyatini talabalik davridan boshlagan. Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida tahsil olish bilan birga ilmiy maqolalar yozadi, respublika va xalqaro konferensiyalarda faol ishtirok etadi. U "Type Master" loyihasi muallifi bo‘lib, loyiha ustida ishlamoqda hamda ta’lim va rivojlanishga qaratilgan tashabbuslar bilan shug‘ullanib kelmoqda. Shuningdek, u turli sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan. Hozirda Chust Academy xususiy o‘quv markazida kompyuter savodxonligidan dars beradi va ingliz tilini o‘rganmoqda.
U bo‘sh vaqtlarida kitob o‘qishni, maqolalar yozishni, ingliz tilini o‘rganishni va o‘z ustida ishlashni yoqtiradi. Uning hayotiy prinsipi: “Muvaffaqiyat tasodif emas, u mehnat, sabr va qat’iyat natijasidir.” Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyatdir, chunki haqiqiy lider nafaqat o‘zi, balki jamoasi va atrofidagi insonlar uchun ham javobgarlikni his qiladi.
Uning kelajakdagi asosiy maqsadi magistratura bosqichida tahsil olib, malakali pedagog va ilmiy tadqiqotchi bo‘lishdir. Shuningdek, u maktabgacha ta’lim sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirishni, ilmiy faoliyatini rivojlantirishni hamda yosh avlodga sifatli ta’lim va tarbiya berish orqali jamiyat rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan.
Muallif
Sobitova Muxlisa Ulugʻbek qizi
Maktabgacha ta’lim talabasi · Ilmiy maqolalar muallifi · Type Master muallifi · Kompyuter savodxonligi o‘qituvchisi · Ingliz tili o‘rganuvchisi
