Sultonova Mohira Qurbonali Qizi

Sultonova Mohira Qurbonali Qizi
Sultonova Mohira Qurbonali Qizi
27 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Sultonova Mohira Qurbonali qizi 2008-yil 30-iyunda Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida tug‘ilgan. U hozirda Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Chevarlar ko‘chasi, 65-uyda yashaydi. Mohira Nizomiy nomidagi O‘zMPUning 1-kursida Xorijiy til va adabiyoti: nemis tili yo‘nalishida tahsil oladi.

U 2024-yilda Parkent tumanidagi o‘quv markazida DTM imtihonlariga tayyorlangan. Ona tili va ingliz tili fanlaridan avvaldan bilim bazasi bo‘lgani sababli, bir yil ichida har ikki fandan ham 100 foizlik sertifikatlarni qo‘lga kiritgan. U ona tili va adabiyot fanidan A darajali (100 foiz) milliy sertifikatga, ingliz tilidan esa B2 darajasiga ega.

Mohiraning o‘qishdagi yutuqlari va oliy ta’limga kirishida Parkent tumanidagi repetitor ustozining hissasi katta bo‘lgan. U turli sertifikat imtihonlarida past natija qayd etganida ham ortga chekinmagan. Ustozlari unga ruhiy dalda bo‘lgan, oilaviy qiyinchiliklar paytida esa moddiy yordamlarini ham ayamagan. Ustozi hamda guruhdoshlari orasidagi raqobatbardosh muhit uning ilm olishiga va kelajakka nisbatan ishonchli bo‘lishiga yordam bergan.

U dono xalqimizdagi «Qalovini topsang, qor yonadi» naqlini hayotiy prinsiplaridan biri deb biladi. Mazkur naql unga har doim imkondek tuyilgan vaziyatlardan chiqib ketishga yordam bergan. Mohira maqsadiga erishish yo‘lida mavjud barcha imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishga harakat qiladi. Uning fikricha, lider bo‘lishdagi eng muhim sifatlardan biri ommaning e’tiborini o‘ziga jalb qila olish hamda har bir vaziyatda jamoa bilan bir yoqadan bosh chiqarib ish tutishdir.

Bo‘sh vaqtida u saytlardagi yangiliklarni mutolaa qiladi, internet ijtimoiy tarmoqlaridagi ilmiy podkastlarni kuzatib boradi va badiiy adabiyotlarni o‘qiydi. Kelajakda bir qator xorijiy tillarda o‘z ona tilidek so‘zlashishni, Germaniyada oliy ta’lim olishni, jahon standartidagi kadr bo‘lishni hamda ko‘plab ilmiy maqolalar chiqarishni maqsad qilgan. Uning fikricha, boshqalar undan har qanday vaziyatda ham ortga chekinmaslikni, har bir ishni rejalashtirishni va maqsadga erishish yo‘lida har bir imkoniyatdan unumli foydalanishni o‘rganishlari mumkin.

Hoziroq ariza qoldirish