Suyunova Shabbona Farxod qizi

Suyunova Shabbona Farxod qizi
Suyunova Shabbona Farxod qizi
6 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Suyunova Shabbona Farxod qizi 2009-yil 13-yanvarda Samarqand shahrida tug‘ilgan. U Samarqand viloyati, Samarqand shahrida yashaydi.

U Toshkent Davlat Yuridek Universiteti huzuridagi Samarqand viloyati akademik litseyining 2-bosqich talabasi bo‘lib, huquqshunoslik sohasida tahsil oladi. Bo‘sh vaqtida xorijiy tillarni o‘rganadi. Huquqshunoslik sohasida xalqaro manbalar bilan ishlash va bilim doirasini kengaytirish uchun til bilishni eng muhim investitsiyalardan biri deb hisoblaydi.

Uning fikricha, lider qiyin vaziyatlarda ikkilanmay, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerak. U vaziyatlarga sovuqqon va analitik yondashadi; qiyinchilik yoki muammo paydo bo‘lganda hissiyotga berilmay, darhol yechim va yangi yo‘nalish izlaydi. Har qanday muhitda jamoani yo‘naltirish, adolat va tartibni saqlash uning tabiatiga xos eng muhim xususiyatdir.

Yaqin kelajakdagi rejasi — huquqiy bilimlar va xorijiy tillarni chuqur o‘zlashtirib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida faoliyat boshlash. Uzoq muddatli rejasi — prokuratura tizimidagi tajriba orqali professionalligini oshirib, sudyalik faoliyatini yuritish hamda jamiyatda adolat tamoyillarini mustahkamlash. Ijtimoiy missiyasi esa yoshlar o‘rtasida intizom, bilim va liderlik sifatlarini targ‘ib qilishni davom ettirishdir.

U intizom va 1% qoidasiga amal qilib, har kuni oz-ozdan bo‘lsa-da, to‘xtovsiz o‘z ustida ishlash va rivojlanishni muhim deb biladi. Uning hayotiy shiori: «Navigator “yo‘l yo‘q” demaydi, u “yo‘nalish o‘zgardi” deydi.»

Hoziroq ariza qoldirish