Suyunova Zarnigor Xolmurot qizi

Suyunova Zarnigor Xolmurot qizi
Suyunova Zarnigor Xolmurot qizi
5 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Suyunova Zarnigor Xolmurot qizi 2007-yil 17-mayda Samarqand viloyatida tug‘ilgan va hozirda shu viloyatda yashaydi. U maktabda tahsil olgan hamda O‘zbekiston Milliy universitetida filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishida tahsil oladi. Ingliz tilini o‘rganishni maktab davridan boshlagan.

Zarnigor CEFR B2 sertifikatiga ega. U ona tili fanidan A+ sertifikatini, tarix fanidan esa C+ sertifikatini olgan. Maktab olimpiadalarining viloyat bosqichi sovrindori bo‘lgan va maktabni a’lo baholarda bitirgan. Uning 2 ta maqolasi xalqaro jurnallarda chop etilgan. Shuningdek, u Boston konferensiyasida qatnashgan hamda «Oltin qanot» volontyorlari a’zosi hisoblanadi.

Uning hayotiga ota-onasi ta’sir qilgan. Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, o‘z ustida ishlashni, yangi tajribalar orttirishni va duch kelgan qiyinchiliklardan xulosa chiqarishni yaxshi ko‘radi. Boshlagan ishini oxirigacha yetkazishga harakat qiladi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlardan biri — mas’uliyat. Boshqalar undan intizomni va maqsad sari qat’iyat bilan harakat qilishni o‘rganishlari mumkin.

Zarnigor magistraturada chet elda tahsil olishni, o‘z kasbining ustasi bo‘lib, jamiyatga foyda keltirishni maqsad qilgan. Uning shiori: «Until it’s done, tell none.»

«Until it’s done, tell none!»

Hoziroq ariza qoldirish