Taylakova Moxinur Nematovna

Taylakova Moxinur Nematovna
Taylakova Moxinur Nematovna
4 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Taylakova Moxinur Nematovna 2002-yil 18-iyunda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan. Hozirda Samarqand shahri, Qorasuv massivi, 74-uy, 1-xonadonda yashaydi.

U bakalavr bosqichida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining filologiya, tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishida tahsil olgan. Hozirda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining lingvistika: o‘zbek tili yo‘nalishida magistratura talabasi. Shuningdek, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.

U faoliyatini 2020-yilda Ielts arena o‘quv markazida abituriyentlarni tayyorlashdan boshlagan. 2023-yildan buyon Yurist akademiyasi o‘quv markazida 500 dan ziyod o‘quvchining sertifikat olishiga ko‘maklashib kelmoqda.

Taylakova Moxinur Nematovna "SCIENTIFICACADEMY" Ilm-ma’rifat markazi tomonidan "Vatan iftixori" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. U ona tili va adabiyot fanidan A+ daraja sertifikatiga, turk tilidan B2 sertifikatiga hamda "Zukko talaba 2024" nishoniga ega.

U qiz bola o‘qigani bilan hech narsaga erisha olmaydi, deganlarga bu fikr xato ekanini isbotlamoqchi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — vaziyatni boshqara olish. U qat’iyatli bo‘lib, erishmoqchi bo‘lgan narsasiga erishmagunicha qayta-qayta urinadi. Boshqalar undan hayotiy tajribalar hamda ona tili va adabiyot fanidan bilimlarni o‘rganishlari mumkin.

Bo‘sh vaqti deyarli yo‘q, chunki u abituriyentlarni tayyorlaydi. Bo‘sh vaqti qolsa, sayohat qilishga harakat qiladi. Kelajakda u 30 yoshigacha doktorantura bosqichini bitirishni, oila va ilmni teng olib borishni maqsad qilgan.

Uning hayotiy shiori: “Hayot o‘zi qiyin, uni qiyinlashtirmaslikka harakat qil. Kelajakda qiynalmaslik uchun esa hozirdan ilm ol!”

“Boshqalarning muvaffaqiyatiga shunchaki havas qiling — bellashish kerak bo‘lsa, faqat kechagi o‘zingiz bilan bellashing!”

Hoziroq ariza qoldirish