To'xtasinov Mira'zam Abdujabbor o'g'li

To'xtasinov Mira'zam Abdujabbor o'g'li
To'xtasinov Mira'zam Abdujabbor o'g'li
9 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

To'xtasinov Mira'zam Abdujabbor o'g'li 21.06.2001-yilda Namangan viloyatining Yangiqo'rg'on tumanida tug'ilgan. U Namangan viloyatining Namangan shahrida yashaydi. Hozirda Namangan davlat universiteti magistraturasining 1-kursida tarix yo'nalishida tahsil oladi.

U faoliyatini 2022-yilda universitetga o'qishga kirganidan keyin boshlagan. U O'zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori.

Mira'zam To'xtasinovga ota-onasining farzandlari ta'lim olishi uchun hamma narsadan voz kechgani katta ta'sir ko'rsatgan. Uning hayotiy shiori: «Muvaffaqiyat hech qachon xato qilmaslikda emas, balki bir xatoni qayta qilmaslikdadir!» U bo'sh vaqtida kitob o'qiydi, tarixiy kinolarni ko'rishni yoqtiradi.

Uning fikricha, lider bo'lish uchun eng muhim fazilat — har doim, har qanday vaziyatda ham o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qotmaslikdir. U boshqalar gap-so'zlariga e'tibor bermasdan, faqat oldinga harakatlanishni o'rganishlari mumkin, deb hisoblaydi. Kelajakda yurtimizga xizmat qiladigan yetuk pedagog bo'lishni maqsad qilgan.

Yoshlar uchun uning motivatsion fikri: «Muvaffaqiyat hech qachon xato qilmaslikda emas, balki bir xatoni qayta qilmaslikdadir!»

Hoziroq ariza qoldirish