Tursunoy Ravshanova
Tursunoy Ravshanova Shokir qizi 2007-yil 10-iyulda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. U Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani, Juma shahrida yashaydi. Tursunoy Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani 103-maktab va Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti bilan bog‘liq ta’lim yo‘lini bosib o‘tmoqda hamda siyosatshunoslik yo‘nalishida tahsil oladi.
Uning faoliyati Samarqand davlat universitetiga qabul qilinganidan so‘ng yangi bosqichga ko‘tarildi. Siyosatshunoslik sohasidagi nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash maqsadida jamoat ishlarida, ijtimoiy-siyosiy va ekologik tanlovlarda hamda yoshlar tashkilotlari loyihalarida ko‘ngilli sifatida faol qatnasha boshladi.
Tursunoy Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida o‘tkazilgan ICTE-2026 xalqaro konferensiyasida media va tashkiliy yo‘nalishda faol qatnashdi. U “ECO-ABSURD: KELAJAK E’LONI” ijodiy ekologik tanlovida ishtirok etdi. Shuningdek, Yoshlar ishlari agentligida amaliyot o‘tib, raqamli ko‘ngillilik va mobilografiya bo‘yicha amaliy tajriba orttirdi. U chet tillari hamda siyosiy-ijtimoiy fanlar bo‘yicha bilimlarini oshirib kelmoqda.
Bo‘sh vaqtida kitob mutolaasi, koreys va xitoy tillarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Mobilografiya va estetik kontentlar yaratishga alohida vaqt ajratadi, kanal yuritadi hamda subtitle maker sifatida faoliyat olib boradi.
Uning asosiy maqsadi siyosatshunoslik sohasida chuqur bilim va tajriba orttirib, o‘z sohasining yetuk va malakali mutaxassisi bo‘lib yetishishdir. Tursunoy Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlarida ta’limni davom ettirish va GKS kabi xalqaro grantlarni qo‘lga kiritishni rejalashtirgan. Kelajakda UNICEF kabi xalqaro tashkilotlarda volontyor sifatida faoliyat olib borish, shaxsiy biznesi va xayriya jamiyatini tashkil etib, ijtimoiy yordamga muhtoj insonlarga amaliy ko‘mak berishni maqsad qilgan. Shuningdek, o‘z sohasida kuchli shaxsiy brend yaratib, bilim va tajribasi orqali jamiyat rivoji hamda el-yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishni istaydi.
