Uktamova Nastarinxon Axtam qizi

Uktamova Nastarinxon Axtam qizi
Uktamova Nastarinxon Axtam qizi
9 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Uktamova Nastarinxon Axtam qizi 2008-yil 2-yanvarda Jizzax shahri, Bunyodkor mahallasi, Bahor ko‘chasi, 8-uyda tug‘ilgan. U hozirda Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, Yangi diyor mahallasida yashaydi.

U Jizzax Davlat Pedagogika Universitetining Xorijiy til va adabiyoti, fransuz tili yo‘nalishida 1-kurs talabasi. U 15 yoshidan ingliz tilini o‘rganishni boshlagan va ingliz tilidan B2 darajadagi CEFR sertifikati bilan universitetga topshirgan. Shuningdek, u o‘zbek tili va adabiyotidan A+ milliy sertifikatga ega. U 2026-yilda Jizzax Davlat Pedagogika Universitetining xorijiy tillar va adabiyoti, fransuz tili filologiyasi yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan.

Nastarinxonning hayotida onasi alohida o‘rin tutadi. Onasining harakatchanligi, qat’iyati va mas’uliyati unga ilhom bag‘ishlaydi hamda ularga o‘xshashga undaydi. U onasini o‘zi uchun «ideal» shaxs deb hisoblaydi. Uning hayotiy shiori: «Dunyo to‘xtab qolganlarni kutmaydi. Hech qachon yangi qadam tashlashdan va harakat qilishdan to‘xtama».

U bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, o‘qigan asarlaridan ilhomlanib kichik hikoyalar yozadi va rasm chizadi. Rasm chizish unga hikoyalarida rang-baranglik yaratishga yordam beradi. Shuningdek, u psixologiyaga qiziqadi, insonlarni chetdan tomosha qilishni yoqtiradi hamda insonlardagi kichik odatlar, o‘zlarini tutishlari va xarakterini o‘rganish psixologik bilimlarini oshiradi, deb hisoblaydi.

Kelajakda u oliy ma’lumotli bo‘lib, magistraturada o‘qish, PhD yoqlash va o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishni rejalashtiradi. U dunyoning eng go‘zal va rivojlangan davlatlariga sayohat qilishni orzu qiladi. Xususan, Yaponiya, Koreya, Shvetsariya, Fransiya, Angliya, Malayziya, Ispaniya, Italiya va Braziliyaga qiziqadi. Ushbu davlatlar madaniyatidan oz bo‘lsa ham xabardor bo‘lish uning uchun ham orzu, ham maqsaddir.

U insonlarga ilhom bag‘ishlashga harakat qiladi. Do‘stlari va yaqinlari undan samimiylik, mas’uliyatlilik, mehribonlik, xato qilgan insonlarni tushuna olish va kechira olish hislatlarini o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.

Hoziroq ariza qoldirish