Usmonova Mashhura Zafarjon qizi

Usmonova Mashhura Zafarjon qizi
Usmonova Mashhura Zafarjon qizi
8 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Usmonova Mashhura Zafarjon qizi 2006-yil 16-may kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. Hozirda u Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida yashaydi.

U Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati institutining o‘zbek tili yo‘nalishi 3-bosqich talabasi. U 2024-yilda davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan. 2026-yildan buyon Samarqand davlat universiteti Yoshlar ittifoqi koordinatori hamda G‘allaorol tumanidagi “Kelajak” markazi o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritadi.

Mashhura Usmonovaning ijodiy ishlari Amerika, Buyuk Britaniya, Moldova, Turkiya, Ozarbayjon, Vyetnam, Tailand, Hindiston va Germaniya kabi bir qator xorijiy davlatlarning gazeta va jurnallarida nashr etilgan. Uning ilk mualliflik kitobi — “Baxtli bolalik xabarlari” 2019-yilda “Tafakkur” nashriyotida nashrdan chiqqan. Ikkinchi mualliflik kitobi — “Letter” 2023-yilda Amerika davlatida nashr etilgan. U “Yil talabasi-2025” ko‘rik-tanlovining “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasida 1-o‘rinni egallagan. Shuningdek, u 2026-yilda “Ilm va ilhom” chorrahasida nomli ijodiy to‘plam muallifi bo‘lgan.

Uning hayotida ota-onasi va barcha ustozlari alohida o‘ringa ega. Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi va sayohat qiladi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun intizom bilan o‘z ustida ishlash va eshitish qobiliyatiga ega bo‘lish muhim. U talabalarning sevimli ustozi bo‘lishni hamda yaxshi inson sifatida eslanishni maqsad qilgan. U boshqalarga samimiylik va doim tabassum qilishni o‘rgata olishiga ishonadi.

Uning hayotiy prinsipi: “Hammasi kerakli vaqtda va kerakli joyda sodir bo‘ladi. Xotirjam bo‘ling va yo‘lingizda davom eting!”

“O‘zingiz yozing.”

Hoziroq ariza qoldirish