Xatamjonov Shohabbos

Xatamjonov Shohabbos Akmaljon o‘g‘li
Xatamjonov Shohabbos Akmaljon o‘g‘li
4 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Xatamjonov Shohabbos Akmaljon o‘g‘li 03.11.2008-yilda Andijon viloyati Asaka tumanida tug‘ilgan va ayni paytda shu tumanda yashaydi. U umumiy o‘rta ta’limga ega bo‘lib, O‘zbekiston Milliy Universitetida kiberxavfsizlik injiniringi sohasida tahsil oladi. Faoliyatini shu o‘quv yilidan qiziqishi tufayli boshlagan.

Shohabbos yunon-rum va milliy kurash turlaridan viloyat chempioni, respublika va xalqaro musobaqalar sovrindori hamda sport ustaligiga nomzoddir. Shuningdek, u Prezident olimpiadasining 1- va 2-bosqichlari chempioni.

Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi. Uning hayotiy prinsipi — qiyin holatda ham maqsadi yo‘lida taslim bo‘lmaslik. U liderlik uchun insonlar bilan yaxshi muomala qilish va o‘z fikrini ularga yetkaza olish muhim, deb hisoblaydi. Kelajakda insonlarga kerakli shaxs bo‘lish, o‘z sohasining yetuk kadri bo‘lib yetishish hamda yurtimiz bayrog‘ini sport musobaqalarida yuqoriga ko‘tarishni maqsad qilgan. Uning fikricha, boshqalar undan hech qachon taslim bo‘lmaslikni va sabrni o‘rganishlari mumkin.

“Katta natijalar komfort hududidan tashqarida yaratiladi.”

Hoziroq ariza qoldirish