Xidirova Maftuna Rizaqul qizi

Xidirova Maftuna Rizaqul qizi
Xidirova Maftuna Rizaqul qizi
9 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Xidirova Maftuna Rizaqul qizi 2006-yil 11-sentabrda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Hozirda Samarqand shahrida yashaydi. U Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti psixologiya yo‘nalishi 3-bosqich talabasi bo‘lib, universitetdagi tahsilini 2024-yilda boshlagan.

Maftuna ona tili fanidan sertifikat olgan hamda ona tili fanidan o‘tkazilgan musobaqalarning viloyat bosqichida faxrli o‘rinlarni egallagan. U “Qizlar akademiyasi” jurnalistika kursini tugatgan, onlayn notiqlik kursini a’lo natija bilan yakunlagan. Hozirgacha uning “Harbiy sohasidagi ayollar psixologiyasi” mavzusidagi 10 ga yaqin maqolasi jurnallarda chop etilgan.

Uning hayotida ota-onasining roli beqiyos: ular Maftunani qanday qaror qabul qilishidan qat’i nazar doimo qo‘llab-quvvatlaydilar va uning yutuqlaridan o‘zidan ham ko‘proq quvonadilar. U erishgan har bir yutuqda, ayniqsa, onasining hissasi katta.

Maftunaning hayotiy shiori: “Insonning hayotida ikkita eng muhim kun bo‘ladi: biri — uning dunyoga kelgan kuni, ikkinchisi — nima uchun dunyoga kelganini anglagan kuni!” U insonning o‘zini va o‘z maqsadini topishini hayotdagi eng muhim kunlardan biri deb hisoblaydi.

Bo‘sh vaqtida asosan til o‘rganadi. Ingliz tilini B2 darajada biladi va yaqin kunlarda bu darajani oshirish niyatida. Shuningdek, turk tilini mustaqil o‘rganadi hamda kino ko‘rishni yaxshi ko‘radi. U o‘ziga nisbatan juda talabchan bo‘lib, bu xususiyat nafaqat ilmiy sohada, balki har bir jabhada namoyon bo‘ladi. Har qanday hodisani, hatto salbiy holatlarni ham kulib qarshi olishi unga hissiy va sog‘liq jihatidan ancha foyda beradi.

Kelajakda harbiy psixologiya sohasida ishlashni, harbiy sohadagi ayollarni o‘rganish va ular bilan ishlashni rejalashtiradi. Shu bilan birga, jurnalistika sohasida ham o‘zini sinab ko‘rish niyatida. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun avvalo boshqalarga to‘g‘ri o‘rnak bo‘la olish va har qanday holatda ham o‘zini to‘g‘ri tuta bilish muhim.

“Har bir tanlov — boshqa bir hayotdan voz kechishdir.”

Hoziroq ariza qoldirish