Yusufova Zoxidaxon Murodjon qizi

Yusufova Zoxidaxon Murodjon qizi
Yusufova Zoxidaxon Murodjon qizi
9 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Yusufova Zoxidaxon Murodjon qizi 2007-yil 29-martda Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahri, Yuqori Mo‘yan MFY, Ijodkor 50-uyda tug‘ilgan. Hozirda Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahrida yashaydi.

U Farg‘ona davlat universitetining Ingliz tili va adabiyoti fakultetida “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi. Avval Quvasoy shahridagi 11-ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan IDUMda 9-sinfgacha tahsil olgan, shundan so‘ng Farg‘ona shahridagi 3-sonli akademik litseyga o‘qishga qabul qilingan. Hozirda ingliz tili va adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lib yetishish maqsadida tahsil olmoqda. Faoliyatini 2025-yilda, universitet talabasi bo‘lgan paytida Farg‘onada boshlagan.

U ingliz tilidan CEFR C1, ona tili va adabiyotidan A, tarix fanidan C+ darajaga erishgan. EF SET natijasi — 70. Rus tilidan B1 daraja egasi, nemis va arab tillarini o‘rganmoqda. FarDU granti sohibasi, eng yaxshi va faol talaba sifatida qayd etilgan. Aikido qatnashchisi, Zakovat klubi va volontyorlik klubi a’zosi, voleybol ixlosmandi. Shuningdek, “Faol yoshlar jamoatchilik yoshlari” a’zosi, xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar hamda ko‘plab startaplar muallifi. Ustoz AI, Qizlar akademiyasi va Ibrat Academy sertifikatlari bilan taqdirlangan.

Uning hayotida ota-onasi muhim o‘rin tutadi. Ota-onasi unga sabrni va halol mehnat qilishni o‘rgatgan, ilm olishi uchun sharoit yaratgan. Ularning duolari, nasihatlari va amaliy tajribadan o‘tgan fikrlari uning hayotini ijobiy o‘zgartirishga hamda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ymasligiga ta’sir qilgan. Ustozlari, shuningdek, ilk muallimlari deb biladigan akasi va opasi ham uning hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan; ular unga ilk bor alifboni va sonlarni qo‘shishni o‘rgatgan. Ingliz tilini o‘rganishi unga ko‘plab xorijiy manbalar, maqolalar, kitoblar, jurnallar, podkastlar va foydali videolarni ko‘rish hamda tushunish imkonini bergan.

Uning shiori yoki missiyasi: “O‘zbekiston ta’limini dunyoda birinchi o‘ringa olib chiqish”. Hayotiy prinsipi: “Beshikdan to qabrgacha ilm izla”. Kelajakda ta’lim sohasini rivojlantirish, o‘z sohasida yetakchi mutaxassis bo‘lish va O‘zbekiston ravnaqiga hissa qo‘shadigan yetuk kadr bo‘lib yetishishni maqsad qilgan.

Bo‘sh vaqtida kitob mutolaa qiladi, sport bilan shug‘ullanadi, piyoda yuradi, til o‘rganadi, biror ilm o‘qiydi yoki foydali ishlarni davom ettirish uchun hordiq chiqaradi. U o‘z ustida ishlashni, yangi imkoniyatlarni sinab ko‘rishni hamda turli tanlov va ijtimoiy loyihalarda faol qatnashishni yaxshi ko‘radi. Uning fikricha, liderlik uchun jamoani boshqarish qobiliyati, bilim, saviya, zarur paytda qattiqqo‘l yoki muloyim bo‘la olish, tizimli fikrlash va tez qaror qabul qilish muhim. U boshqalar undan sabrni hamda ko‘zlangan maqsadga erishmaguncha to‘xtamay harakat qilishni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi.

“O‘z maqsadingizga ishoning va har kuni kichik qadamlar bilan oldinga intiling. Xatolardan qo‘rqmang, ular sizni kuchliroq qiladi va yangi imkoniyatlarni ko‘rishga o‘rgatadi.”

Hoziroq ariza qoldirish