Yusupov Muhammadzohid
Yusupov Muhammadzohid 2008-yil 11-martda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Chilonzor tumanida yashaydi va 37-o‘rta ta’lim maktabida tahsil oladi. U kiberxavfsizlik sohasida o‘qiydi hamda faoliyatini bu oydan boshlagan.
Muhammadzohid futboldan tuman miqyosida 2-o‘rin uchun diplom, voleyboldan esa viloyat miqyosida 4-o‘rin uchun diplom olgan. Bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanadi va kitob o‘qiydi.
Uni ilhomlantiradigan inson — onasi. U onasiga yaxshi hayot berishni hamda odamlarga yordami tegadigan kasb egasi bo‘lishni orzu qiladi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun to‘g‘ri qaror qabul qilish, jamoa bilan ishlash, xatolarini tan olish va maqsadini aniq belgilash muhim. Shuningdek, boshqalar undan intizom va hurmatni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi.
U o‘zi haqidagi qiziqarli ma’lumotlar ko‘pligini, qaysi birini aytishni bilmayotganini bildirgan.
“Bugun qilgan kichik harakating — ertangi katta natijangning boshlanishi.”
