Zayniddinova Mushtariy
Zayniddinova Mushtariy Abdujalil qizi 21.11.2007-yilda Qo‘shrabotda tug‘ilgan. U Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumanida yashaydi. Mushtariy Samarqand davlat universitetining sotsiologiya yo‘nalishi talabasi bo‘lib, hali endi 1-kurs bo‘ladi. U ona tili fanidan milliy sertifikatga ega.
Mushtariy bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, she’r mutolaa qila oladi va raqsga ham yaxshi tushadi. Uning hayotiy shiori: “Harakatdan to‘xtama, hayot oldinda.” Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — hamma narsani bir xil boshqara bilish. Shuningdek, odamlar undan ko‘pincha xotirjamlik va sabrni o‘rganishlari mumkin.
Uning kelajakdagi orzulari ko‘p. Ulardan bittasi — o‘z mutaxassisligini mukammal egallab, xalqiga foydali inson bo‘lish. Uning boshqa yoshlar uchun maslahati: “O‘z maqsadi yo‘lidan hech qachon ortga qaytmasin, yiqilib qolsa ham o‘rnidan tura olsin.”
