Ziyadullayeva Sabina Zafarali qizi
Ziyadullayeva Sabina Zafarali qizi 2006-yil 20-avgustda Samarqand shahrida tug‘ilgan. U Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida yashaydi. Hozirda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 3-bosqich talabasi bo‘lib, amaliy psixologiya sohasida tahsil olmoqda. U o‘qish faoliyatini 2024–2025-o‘quv yilidan boshlagan.
Sabina universitet ichidagi bir nechta tanlovlarni ssenariylashtirgan. “Yurtim qadriyatlari” nomli ko‘rik-tanlovning viloyat hududiy bosqichida jamoasi bilan 2-o‘rinni, “Giyohvandlikka qarshimiz” ko‘rik-tanlovida universitetlararo 1-o‘rinni olgan. “Universitet malikasi” tanlovida faxrli 2-o‘rinni egallagan. Shuningdek, universitetda bo‘lib o‘tadigan barcha tadbirlarni sahnalashtirish va ssenariy tuzish ishlarida faol qatnashib keladi. U o‘qishga kontrakt asosida kirib, hozirda grant yutib olgan.
U bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, turli shirinliklar tayyorlaydi va mini foodblog yuritadi. Uning qariyb 4 000 nafar obunachisi bor. Sabina she’r o‘qishni yaxshi ko‘radi, tadbirlarda boshlovchilik faoliyatini ham yuritadi. U hamshiralikdan uquvga ega bo‘lib, ukol qilishni biladi hamda bolalar bilan ishlashni juda yoqtiradi.
Sabinaning fikricha, lider bo‘lish uchun, avvalo, bilim, shuningdek muomala madaniyati, kelishuvchanlik, raqobatbardoshlik, hamjihatlik va har bir ishda farosat zarur. U insonlar bilan kelishib ketish, ular bilan muloqot o‘rnatish, turli xil taomlar tayyorlash, o‘qishga bo‘lgan intilish va qiziqishni, shuningdek, maqsadga erishish uchun harakat qilishni boshqalarga o‘rgata oladi.
Kelajakda u o‘z faoliyati bo‘yicha magistratura bosqichida o‘qib, shu sohaning mutaxassisi bo‘lishni rejalashtiradi. U kichik bolalarning nutq faoliyatini o‘rganib, ularga yordam berishni istaydi. Uning oldinda bundan-da katta maqsadlari ham bor.
Uning hayotiy shiori: “Yiqilding — bu degani hammasi tugadi degani emas. Yana o‘rningdan bundan-da kuchli bo‘lib tur-da, yo‘lingda davom et.”
“Yoshlik — orzularni shunchaki tasavvur qilish emas, balki ularni amalga oshirish uchun harakat qilish davridir.”
