Liderlar Online1 daqiqa
Miya foydali ma’lumotlardan ham charchaydimi?

Miya foydali ma’lumotlardan ham charchaydimi?
Ha, albatta! Hatto eng foydali ma’lumotlar ham me’yoridan ortiq qabul qilinsa, insonning aqliy charchashiga sabab bo‘lishi mumkin. Psixologiyada bu holat «kognitiv ortiqcha yuklanish» deb ataladi.
Bugun biz foydali postlarni o‘qiymiz, sifatli podkastlarni tinglaymiz, kitoblar mutolaa qilamiz, muvaffaqiyatli insonlarning maslahatlarini o‘rganamiz. Ammo nega shuncha bilimga ega bo‘la turib, hayotimizda katta o‘zgarishlarga erisha olmaymiz?
Chunki biz bilim olishga shunchalik berilib ketdikki, uni hayotga tatbiq etishni unutib qo‘ydik.
Hamma narsaga ulgurish istagida sifatga emas, miqdorga e’tibor qaratyapmiz.
Biz o‘qiymiz, ammo anglamaymiz…
Tinglaymiz, ammo mulohaza qilmaymiz…
Ko‘ramiz, ammo his qilmaymiz…
O‘rganamiz, ammo amal qilmaymiz…
Aslida, miyamizga faqat yangi ma’lumotlar emas, balki ularni anglash, tahlil qilish va o‘zlashtirish uchun ham vaqt kerak.
Unutmang, insonning rivojlanishi qancha kitob o‘qigani bilan emas, balki olgan bilimlari hayotini qanchalik o‘zgartirgani bilan belgilanadi.
Ba’zan yuz sahifa o‘qishdan ko‘ra, bitta jumlani chuqur anglash va unga amal qilish samaraliroqdir.
Shuning uchun hayotingizni yaxshilashga xizmat qiladigan biror fikrga duch kelsangiz, shoshilmang. To‘xtang, mulohaza qiling va uni amalda qo‘llang.
Zero, bilimning haqiqiy qiymati uning miqdorida emas, hayotimizga olib kirgan o‘zgarishidadir.
Ko‘proq bilishga emas, bilganlaringiz asosida yaxshiroq yashashga intiling!
Muallif
Rixsivoyeva Habibaxon Rustam Qizi
Stomatologiya talabasi · Yosh tadqiqotchi · Xalqaro antologiya ishtirokchisi · Ijodkor yozuvchi · Guruh sardori


