Liderlar Online1 daqiqa

Nega har 6 oyda stomatolog ko’rigidan o’tish kerak?

Ko‘pchiligimiz tishimiz og‘rimasa, stomatologga borishni kerak deb hisoblamaymiz. Lekin aslida tish og‘rishi - muammo endi boshlanganining emas, ko‘pincha ancha rivojlanganining belgisi bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun har 6 oyda stomatolog ko‘rigidan o‘tib turish muhim.

Avvalo, muntazam ko‘rik orqali tish va og‘iz bo‘shlig‘idagi muammolarni erta aniqlash mumkin. Masalan, tishda hali kichkina bo‘shliq paydo bo‘lgan bo‘lsa, shifokor zararlangan to‘qimani tozalab, plomba qilishni tavsiya qilishi mumkin. Bu esa kariesning yanada chuqurlashib ketishining oldini oladi.

Ammo stomatologga bir-ikki yilda bir marta boradigan bo‘lsangiz, shu kichkina muammo vaqt o‘tishi bilan kattalashib, davolashni ham murakkablashtirishi mumkin. Ba’zan esa oddiy plomba bilan hal bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammo keyinchalik ancha ko‘proq davolashni talab qilib, tish ildizini olib tashlashgacha olib kelishi mumkin.

Yana bir sabab - professional tozalash.

Vaqt o‘tishi bilan tish yuzasida blyashka va tish toshlari to‘planib boradi. Ularni oddiy tish cho‘tkasi bilan to‘liq tozalab bo‘lmaydi. Natijada tishlarda sariq yoki jigarrang dog‘lar paydo bo‘lishi, milk bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Shuning uchun professional tozalash nafaqat tabassumni chiroyliroq saqlash, balki og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasini nazorat qilish uchun ham kerak.

Eng muhimi, stomatolog ko‘rigini faqat tish og‘riganda eslamaslik kerak. Muammoni davolashdan ko‘ra, uni vaqtida aniqlash ancha oson.

Xulosa qilib aytganda, har 6 oyda stomatolog ko‘rigidan o‘tish orqali tish va milk holatini nazorat qilib borish, muammolarni erta aniqlash va kerak bo‘lganda professional tozalash orqali og‘iz bo‘shlig‘i salomatligini uzoqroq saqlash mumkin

Sog‘lom tabassumni uni yo‘qotgandan keyin tiklashdan ko‘ra, uni oldindan asrash bilan saqlash oson.

Maqola yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing.

Muallif

Rixsivoyeva Habibaxon Rustam Qizi

Stomatologiya talabasi · Yosh tadqiqotchi · Xalqaro antologiya ishtirokchisi · Ijodkor yozuvchi · Guruh sardori

Shu muallifning boshqa maqolalari

Hoziroq ariza qoldirish