Liderlar Online1 daqiqa
O‘zingiz Yaratadigan Kelajak
Shaxsiy rivojlanish va muvaffaqiyatga erishishning asosiy qoidalari.

Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun katta imkoniyatlarni kutib o‘tirish shart emas. Har bir inson o‘z hayotining boshqaruvchisi bo‘lib, kelajagini o‘z qo‘llari bilan yaratadi.
Eng muhimi — nima xohlayotganingizni aniq bilish va har kuni kichik qadamlar tashlashdir.
Yo‘lingizda qiyinchiliklar va xatolar uchrashi tabiiy. Bunday paytlarda taslim bo‘lmasdan, har bir to‘siqdan saboq chiqarib, oldinga intilish kerak. Xatolar — bu zaiflik emas, balki yanada aqlli va kuchli bo‘lish uchun imkoniyatdir.
Vaqtni behuda sarflamang. Har bir kunni o‘z ustingizda ishlashga, yangi bilimlar olishga va foydali odatlarni shakllantirishga sarflang. Bahona izlaydiganlar emas, harakat qilganlargina natijaga erishadilar. Atrofdagilarning fikri yoki sharoit qanday bo‘lishidan qat'iy nazar, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmang.
O‘zingizni boshqalar bilan solishtirishni bas qiling. Sizning asosiy raqibingiz — kechagi o‘zingiz. Har kuni kechagidan biroz yaxshiroq bo‘lishga intiling. Maqsad sari qat'iyat bilan yurgan inson erta-indin albatta o‘z orzulariga yetadi. O‘zingizga ishoning, siz barchasiga qodirsiz!
Muallif
Abdimo'minova Zinnura Quvonch Qizi
Stomatologiya talabasi · 2-kurs talabasi · Kitobxon · Ilmga intiluvchi · Katta orzular sohibasi
Shu muallifning boshqa maqolalari

Bemorlarning stomatologdan qo‘rqishi va dental fobiyani kamaytirish usullari
Abdimo'minova Zinnura Quvonch Qizi · 6 noyabr, 2026

Milk kasalliklari: gingivit va periodontitning zamonaviy diagnostikasi
Gingivit va periodontitni erta aniqlash, zamonaviy tekshiruv usullari va samarali profilaktika choralari.
Abdimo'minova Zinnura Quvonch Qizi · 5 noyabr, 2026

Yoshlarda tishlarni to‘g‘rilash va braketlar
• Braketlar va zamonaviy usullar: Farzandingiz tishlarini qachon to‘g‘rilash kerak?
Abdimo'minova Zinnura Quvonch Qizi · 4 noyabr, 2026
